Ole Glazurlangan marshmellouli pechenye
Brend: Ole

Glazurlangan marshmellouli pechenye

Ko‘p qirrali ta’m va yurakni ilituvchi mehr bilan to‘ldirilgan pechenye — birinchi og‘izdayoq ko‘ngilni zabt etadi. Kakao, mevalar, sut, vanil — har biri o‘z xarakteriga ega. Yengil tuzilmasi, yoqimli shirinligi va puxta tanlangan tarkibi uni nafaqat mazali, balki yengil tamaddi uchun foydali qiladi.

Bolalar uchun — bu quvonch va quvvat. Kattalar uchun esa — bir zumlik osoyishtalik, kayfiyatni yengil ko‘taruvchi huzur.

Ishda, yo‘lda, maktabdan keyin — pechenye har holatda o‘rinli. Olib yurishga qulay, choy, sut yoki qahva bilan juda mos. Ayniqsa ertalab — ikki-uch dona bilan kuningizga yoqimli ohang baxsh etadi.

Vazn
14 g / 84 g / 182 g
Saqlash muddati
12 oy
Qutida
3.5 kg/30 dona/18 dona
Tarkibi

Pechenye (bug'doy uni, rafinatsiyalangan dezodorizatsiyalangan palma yog’i, shakar, makkajo’xori kraxmali, invert siropi (shakar, limon kislota), glyukoza siropi, quruq sut zardobi, qabartiruvchi moddalar (ammoniy gidrokarbonat, natriy gidrokarbonat), emulgator (soya letsitin), osh tuzi, hid beruvchi modda (vanilin)), Qandolat glazuri (shakar, kakao yog’i o'rnini bosuvchi (rafinatsiyalangan dezodorizatsiyalangan palma yadro yog’i, emulgator (soya letsitin)), kakao-kukuni, quruq sut zardobi, yog’sizlantirilgan quruq sut, emulgator (soya letsitin), hid beruvchi modda (vanilin)), Marshmellou (glyukoza siropi, shakar, jelatin (halol mol jelatini), kislotalilik regulyatori (limon kislota), hid beruvchi modda (vanilin)). Tarkibida allergenlar mavjud (sut va tuxum mahsulotlari).

Saqlash shartlari

(18±5)°C haroratda va nisbiy namligi 75% dan oshmaydigan joyda saqlang. To'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari ta'siridan saqlansin.

Texnik ma’lumotlar
Qutidagi miqdor
3.5 kg/30 dona/18 dona
Sof vazn
14 g / 84 g / 182 g
Saqlash muddati
12 oy
Quti o‘lchami
280x160x228
TN VED kodi
1905 3111 00
Quti shtrix-kodi
ITF14 24780030392121
Yorliq shtrix-kodi
4780030392127